Agar siz doimiy toliqqanlik holatida yursangiz, buning sababini aniqlashingiz lozim: ishingiz ko‘pligidanmi yoki sizda qanaqadir kasallik paydo bo‘la boshladimi? Bizning maqolamizda eng ko‘p tarqalgan va charchoq belgilari bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar keltirilgan.
Temir etishmasligi
Temir moddasi etishmovchiligida gemoglobin ishlab chiqarish pasayadi, hujayralarning etarlicha kislorod ololmasligi doimiy charchoqlikni keltirib chiqaradi.
Belgilari:
- sovuq qo‘llar;
- muz, ba’zan tuproq, kraxmal eyishni xohlash;
- ko‘krakdagi noqulaylik, hansirash;
- rangpar teri, mo‘rt, qatlamlashgan tirnoqlar;
- kasalmand, shishgan yoki qizargan til.
Boshlang‘ich davrida tarkibida temir moddasi bo‘lgan ovqatlarni ko‘paytirish yo‘li bilan vaziyatni to‘g‘rilash mumkin.
B12 vitamini etishmasligi
Charchash — B12 vitamini etishmasligi belgilaridan biri.
Belgilari:
- yomon kayfiyat, yig‘loqilik, xavfsirash;
- aniq ko‘rolmaslik, o‘zgacha soyalar paydo bo‘lishi;
- rangpar yoki sarg‘imtir teri, tekis til;
- sanchish, oyoq va qo‘llarning uvishishi.
Bunday hollarda dozasi shifokor tomonidan tayinlangan sintetik analog qabul qilish zarur bo‘ladi.
Ichak kasalliklari
Ichaklar faoliyatining buzilishiga undagi zararli bakteriyalar haddan tashqari ko‘payib ketishi sabab bo‘ladi. Bu mikroorganizmlar yo‘qolishi oqibatida asab tizimiga salbiy ta’sir qiluvchi va charchoqlikni keltirib chiqaruvchi toksinlar ajralib chiqadi.
Belgilari:
- ortiqcha gaz paydo bo‘lishi, qorindagi og‘riq;
- og‘izda yoqimsiz ta’m paydo bo‘lishi;
- til ustidagi oq dog‘lar.
Ichaklarni davolash uning faoliyatini buzgan kasallik turiga qarab belgilanadi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi