Sal mazamiz bo‘lmay qolsa, darrov hamma joyda reklama qilinayotgan dori-darmonlar esimizga tushib qoladi. Lekin bularsiz ham uzoq o‘tmishdagi bobo va buvilarimiz ahvolni yaxshilash va kasallikni tezroq engishni yaxshi bilishgan. Xalq tabobatidan bir necha reseptlar keltiramiz.
Tomoq og‘rig‘ida va shilliq qavat yallig‘lanishida yengillashtirishga yordam beradi:
- olma sirkasi eritmasi bilan chayqash (bir piyola iliq suvga 1 osh qoshiq sirka);
- qizilmiya ildizi – yuqori nafas yo‘llari shamollashida qo‘llaniladigan xalq tabobatining an’anaviy vositalaridan biri. Bir piyola qaynoq suvga 10-15 g quritilgan ildiz maydasidan soling va bir kunda 1 osh qoshiqdan 3-5 marta iching;
- zanjabilli choy damlang: bir desert qoshiq maydalangan zanjabilni bir piyola issiq suvga soling; 1 osh qoshiq asal va ta’bga ko‘ra limon sharbati qo‘shing; kun davomida bir necha marta iching;
- kartoshka bug‘ida ingalyasiya qilish ahvolni ancha yengillashtiradi; bir necha dona kartoshkani kamroq suvda qaynating va bug‘ tashqariga chiqib ketmasligi uchun sochiq bilan o‘ranib undan nafas oling;
- bir necha tomchi yalpiz, qalampir va archa efir yog‘lari solingan aromatik lampa ham nafas olishni yengillashtiradi.
Shamollash kasalliklari immunitet kuchsizligidan darak beradi. Uni mustahkamlashning eng yaxshi tabiiy vositalari – sarimsoq va piyoz. Ularni xom holida ko‘proq eyishga harakat qiling.
Tezroq tuzalish uchun ko‘proq uxlash va yaxshi ovqatlanishga harakat qiling, ayniqsa C vitaminiga boy bo‘lgan sitrusli mevalar va tovuq sho‘rvasi foydalidir.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!