Ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nabaviy tibbiyotlariga muvofiq qora sedana bilan bir qatorda zaytun yog‘i ham keng qo‘llaniladi.
Zaytun yog‘ining shunday foydali xususiyatlari borki, ularning ba’zilari haqda shifokorlar endigina ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.
Chili universitetidagi bir guruh tadqiqotchilarning chet ellik hamkasabalari bilan birga aniqlashicha, zaytun yog‘i tarkibidagi gidroksitirozol moddasi inson organizmiga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi.
Shifokorlarning aytishicha, bu modda hayvonot yog‘larini haddan ortiq ko‘p eyishning salbiy ta’sirini kamaytirar ekan.
Zaytun yog‘i kuchli aksioksidant bo‘lib, jigar, yurak va bosh miyani turli zararlardan himoya qiluvchi xususiyatga egadir. Shuning uchun olimlar turli taomlarni tayyorlashda zaytun yog‘idan ko‘proq ishlatishni tavsiya qilmoqda.
Ilgariroq amerikalik olimlar Islom dinidagi ro‘za bilan insonning uzoq umr ko‘rishi orasida uzviy bog‘liqlik borligini aniqlashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!