10:10 / 21.04.2017
50 124

Jig‘ildon qaynaganda: siz hali eshitmagan oson vositalar

Jig‘ildon qaynaganda: siz hali eshitmagan oson vositalar
Kelib chiqish sabablari...

Jig‘ildon qaynashi ko‘krakdagi og‘riq, qorinning to‘ladek tuyulishi, og‘izda nordon yoki achchiq ta’m sezilishi bilan kechadi. Uning kelib chiqish omillari turlicha bo‘lib asosan, oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo‘lmaganda yuzaga keladi. Oshqozon shirasi, oshqozon devorlarini qitiqlaydi va odamda jig‘ildon qaynaydi. Bu kasallik ayniqsa to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya etmaydiganlarda ko‘p uchraydi.

Quruq, tez tayyor bo‘ladigan eguliklar iste’mol qilish, kofega ruju qo‘yish, achchiq choyga o‘rganib qolish ham jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladi. Ba’zida esa hommiladorlik, ortiqcha vazn ham ayni kasallik belgilarni namoyon etadi. Jig‘aldon qaynashi shunchaki ko‘krak ostidagi noxush og‘riq emas, oshqozon shirasining hadeb qizilo‘ngachga kelib to‘planaverishi anchayin jiddiy kasalliklar turli yara va hattoki qizilo‘ngach saratoniga ham olib kelishi ehtimoli bor.

SODA YoRDAM BERADIMI?

Ba’zilar jig‘ildon qaynashining tez qaytarish uchun iste’mol sodasidan foydalanadilar. Haqiqatdan ham iste’mol sodasi oshqozon shirasi bir muddat mo‘’tadil holga kelishini ta’minlaydi. Ammo yarim soatdan keyin jig‘ildon yana boyagidek va hatto undan ham kuchliroq qaynaydi. Xalq tabobatida bitta kartoshka sharbatini kun davomida har safar ovqatdan oldin 1 osh qoshig‘dan ichish tavsiya etiladi. Bir-necha xo‘plam sut ichish ham jig‘ildonni tinchlantirishi mumkin.

Jig‘ildonim qaynamasin desangiz:

Tez-tez kam kam ovqatlaning.
Achchiq, qovurma taomlar iste’molini kamaytiring, nordon ta’mli sharbatlar, sarimsoq, shokolad, alkogol, kofe, achchiq choydan voz keching.
Ovqatni uyqudan kamida ikki soat oldin eng. Ovqatdan keyin egilmang.
Qorinni siqib turadigan kamar, bandaj, kiyimlardan voz keching.
Faqat kasallik belgilari bilan kurashmasdan terapevt yoki gastroentnrolog huzuriga boring.

Manba: www.dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jig‘ildon qaynaganda: siz hali eshitmagan oson vositalar