10:06 / 02.07.2017
15 294

Rossiyalik olimlar saraton xastaligiga davo topishdi

Rossiyalik olimlar saraton xastaligiga davo topishdi
Barchaga ma’lum, saraton xastaligi yillar o‘tgani sayin tobora ko‘payib bormoqda. Afsuski, dunyo mutaxassislari hozircha bu xastalikni ildizi bilan quritish imkonini beruvchi dori topa olishmayapti. Rossiyadagi «Tibbiyot nanotexnologiyalari» MChJ mutaxassislari tarkibida temir moddasi nanochastisalari mavjud bo‘lgan yangi dori turini yaratishdi. Bu dori saraton shishini ichidan kuydirib yo‘q qilish xususiyatiga ega.

Dorida nafaqat temir, balki yana o‘ndan ortiq turli foydali moddalar ham bor. Ular o‘zaro birlashgan holda bemor organizmiga kimyoviy terapiya ta’sirini kuchaytiradi. Dori tomirga shpris yordamida yuboriladi. Keyin magnit maydoni hosil bo‘lib, dori to‘g‘ri saraton shishi ichkarisiga kirib boradi. Shu erda nanochastisalar 46 darajagacha isib, saraton shishini kuydira boshlaydi. Ko‘ribsizki, shishlar navbatma-navbat o‘limga yuz tutadi.

Dori ayni paytda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli yakun topsa, albatta hayotga tadbiq etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Rossiyalik olimlar saraton xastaligiga davo topishdi