15:35 / 23.07.2017
16 246

Jigar xastaligi so‘lakka qarab aniqlanadi

Jigar xastaligi so‘lakka qarab aniqlanadi
Olimlar jigar xastaliklarini aniqlashda yangi texnologiya yaratishdi. Endi jigardagi har qanday kasallikni odamning so‘lagi asosida aniqlash mumkin. So‘lak hatto yiliga 20 milliondan ziyod odamga yuqib azob berayotgan «E» gepatitini ham bir necha daqiqa ichida aniqlab beradi.

Barchaga ma’lum, shu kunga qadar jigar xastaliklariga aniq tashhis qo‘yish uchun qon va axlat tahlili talab etilgan. Bu tahlillar esa ko‘p vaqtni o‘g‘irlaydi. Shu muddatda bemorning ahvoli yanada og‘irlashishi yoki xudo ko‘rsatmasin, olamdan o‘tishi ham hech gap emas. Chunki vrach aniq tashhis qo‘ymasdan turib bemorni davolash imkoniga ega emas. Ana shuning uchun ham so‘lak orqali tashhis qo‘yish texnologiyasi juda qo‘l keladi. Bu tashhis bemor uchun juda arzonga tushibgina qolmay, tez fursatda kasallikni aniqlashda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jigar xastaligi so‘lakka qarab aniqlanadi