Ma’lumki, saraton ayni paytda dunyoda eng ko‘p tarqalgan xastalik hisoblanadi. U odamning hayot tarzi o‘zgarishi yoki aksincha o‘zgarmasligi oqibatida yuzaga keladi. Shu kunga qadar dunyoning ko‘plab olimlari bu xastalikni ildizi bilan quritish yo‘lida yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazishdi, dori-darmonlar yaratishdi. Baxtga qarshi saratonni butkul yo‘q qilish yoki davolashning iloji bo‘lmayapti.
Avstraliyalik xastalikka qarshi yangi kurash usulini o‘ylab topishdi. Ular bemorning immunial tizimini qayta dasturlash orqali hozircha oqqon saratonini yo‘q qilishga erishishdi. Shubhasiz, dastlabki sinovlar sichqonlarda o‘tkazildi.
Buning uchun olimlar bemorning immunitet uchun javobgar to‘qimalarini olib tashlab, ularning irsiy darajasini o‘zgartirib, qaytadan organizmga o‘rnatishganda, to‘qimalar saraton xastaligiga qarshi juda faol kurasha boshladi. Endi olimlar bu usulni saraton shishlarida ham tekshirib ko‘rishmoqchi. Agar shu sinov ham muvaffaqiyatli chiqsa, kelgusida klinik sinovlarga kirishishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi