22:48 / 23.08.2017
14 347

Olimlar jigarni qayta tiklashning yangi usulini topdi

Olimlar jigarni qayta tiklashning yangi usulini topdi
Shotlandiya, AQSh va Rossiya olimlari jigar ichki o‘t yo‘llari hujayralari jigarning qayta tiklanishida ishtirok etishini ko‘rsatib berdi, deb yozadi «Daryo».

Edinburgdagi Regenerativ tibbiyot markazi, Massachusets texnologiya instituti va Skolkovo ilm-fan va texnologiyalar instituti olimlarining kashfiyoti jigar xastaliklari, masalan, sirroz bilan kurashishda yordam beradi.

Jigar hujayralari — gepatosidlar regenerasiya (qayta tiklanish, qayta o‘sish)ga qodir, ammo bu amalda etarlicha tez yuz bermaydi, yangi hujayralar esa tez qariydi. Shu tufayli olimlar jigar uchun tana hujayralari roliga mos keluvchi va uning to‘qimalarini qayta tiklovchi boshqa hujayralarni qidirdi.

Shu maqsadda olimlar jigar o‘t yo‘llari hujayralari — xolangiositlarni tekshirib ko‘rdi. Tajribada sichqonlardan foydalanishdi, ularda jigar xastaligini keltirib chiqarishdi, so‘ng uning qayta tiklanishini kuzatishdi. Tajriba sichqonlarining gepatositlaridagi hujayralar bo‘linishi uchun javobgar bo‘lgan gen o‘chirib qo‘yildi, olimlar jigar ularsiz qanday tiklanishini ko‘rmoqchi bo‘ldi.

Jigar to‘qimalari baribir tiklandi. Olimlar bu xolangiositlar hisobiga amalga oshganini aniqladi. Ular o‘t yo‘llaridan chiqib, «nosoz» gepatositlar o‘rniga, jigar hujayralariga aylangan.

Endi olimlar sirrozga chalingan odamning jigarini o‘z xolangiositlarini ko‘chirib o‘tkazish yordamida qayta tiklashni o‘rganmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar jigarni qayta tiklashning yangi usulini topdi