07:20 / 07.09.2017
16 147

Yong‘oq iste’mol qilishning kutilmagan foydali jihatlari aniqlandi

Yong‘oq iste’mol qilishning kutilmagan foydali jihatlari aniqlandi
Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, har kuni yong‘oq iste’mol qilish falaj va yurak xurujidan himoyalar ekan. Bu haqida Mulohaza.uz nashri ma’lum qilindi.

Olimlar ortiqcha vazn va semizlikdan aziyat chekuvchi 15 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Ko‘ngillilar ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhga faqat yog‘li ovqat va yong‘oq asosidagi ichimlik berildi. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa xuddi shunday taom va platsebo-ichimlik bilan oziqlandi.

Tadqiqotchilar ovqatdan oldin va undan keyin ishtirokchilarning qonidagi yog‘lar va insulin darajasini baholashdi, ultratovush yordamida esa qonning arteriyadan o‘tishi kuzatildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ratsionga yong‘oq qo‘shilganda arteriyalarning ifloslanish jarayoni to‘xtagan. Shunday ekan, zararli yog‘lar miqdorini pasaytirish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Professor Abduqodir Nurmuxammad o‘g‘li Sattarov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yong‘oq iste’mol qilishning kutilmagan foydali jihatlari aniqlandi