08:59 / 19.09.2017
9 754

Sportda va hayotda to‘g‘ri nafas olish qoidasi

Sportda va hayotda to‘g‘ri nafas olish qoidasi
Sport bilan shug‘ullanishda to‘g‘ri va chuqur nafas olish — bu samarali jismoniy mashqlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bunda organizmning kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanishi nafaqat uzoq masofaga yugurish yoki suzishda, balki har qanday kuch ishlatiladigan mashqlarni bajarishda ham muhimdir.

To‘g‘ri nafas olish usuli juda oson bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilik odamlar mashq qilish paytida chuqur va bir maromda nafas olmaydilar. Sog‘lom va to‘g‘ri nafas olish — bu eng avvalo burun orqali va diafragma yordamida nafas olish.

Kuch ishlatiladigan mashqlarda nafas olish

Kuch ishlatiladigan mashqlarda nafas olishning asosiy qoidasi — siz burun orqali nafas olishingiz kerak, og‘irlik esa nafas chiqarishda siqilishi kerak. Masalan, otjimaniye mashqida nafas olishda pastga tushish, nafas chiqarishda esa yerdan ko‘tarilish kerak.

To‘g‘ri nafas olishni qanday o‘rganish kerak?

O‘zingiz uchun qulay bo‘lgan holatni egallang — o‘tiring, turing yoki yoting. Chap qo‘lingizni ko‘krak qafasining ustiga qo‘ying, o‘ngini esa – qorin ustiga. Tanangizni bo‘shashtiring va normal nafas olishga harakat qiling. Bir necha daqiqani siz aynan qanday nafas olayotganingizni o‘rganishga bag‘ishlang. Nafas olishda qorinmi yoki ko‘krak harakat qilayotganiga e’tibor bering.

Agar sizning qorningiz deyarli harakat qilmayotgan bo‘lsa, kindik sohasini kaftingiz bilan yengil silang, bunda havo qorin mushaklarining ochilishiga yordam beradigan qilib nafas olishga harakat qiling. Nafas olishingiz uzoq, chuqur va og‘iz orqali emas, balki burun orqali bo‘lishiga e’tibor bering.

Noto‘g‘ri nafas olish oqibatlari

Og‘iz orqali nafas olish va nafas chiqarish odati nafaqat tanani kislorod bilan ta’minlashni yomonlashtiradi, balki diafragma va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mushaklarning zaiflashuviga olib keladi. Natijada bu gavdani to‘g‘ri tutishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: «Daryo.uz»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sportda va hayotda to‘g‘ri nafas olish qoidasi