09:42 / 19.09.2017
7 411

Qo‘lda ham varikoz bo‘ladimi?

Qo‘lda ham varikoz bo‘ladimi?
— Qo‘limning bilak kaft sohasida varikoz bor. Og‘ir narsa ko‘tarsam, og‘riq beradi. Bu dardning davosi bormi? Jarrohlik muolajasini tavsiya etishayapti. Ammo keyinchalik biror asorati bo‘lsa-chi, deb ikkilanayapman. Nima maslahat berasiz?

Sanjarbek Yusufjonov, Toshkent shahri


Sunatilla Yukchiyev, sport shifokori:

— Aynan bilak kaft sohasida varikoz dimlanishlarni kuzatmaganman. Savolingiz mazmuniga ko‘ra, siz nazarda tutayotgan holat gigromaga o‘xshayapti. Gigroma bilak kaft bo‘g‘imida qaltis harakatlar evaziga kapsulaning yirtilishi va bo‘g‘imdan chiqqan suyuqlikning mushak ostiga to‘planib qolishidir. Diqqat qiling, agar shish uzoq vaqt mobaynida saqlanib turgan bo‘lsa, jarrohlik amaliyotiga murojaat qilish lozim. Bordi-yu buning aksi bo‘lsa, shishning yuzaga kelganiga ko‘p bo‘lmagan taqdirda konservativ davo choralarini qo‘llash mumkin. Ayni vaziyatda shifokor ko‘rigidan o‘tishingizni tavsiya qilaman.

Manba: «Darakchi»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qo‘lda ham varikoz bo‘ladimi?