10:03 / 19.09.2017
11 340

Narkozdan keyin soch to‘kiladimi?

Narkozdan keyin soch to‘kiladimi?
— 6 yoshli qizimga chov churrasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti mahalliy narkoz yordamida bajarildi. Narkoz ta’siridanmi, bilmayman, xullas, qizalog‘imning sochlari tutam-tutam bo‘lib to‘kilayapti. Shifokorga uchrasam, dori vositasi va surtma maz tavsiya qildi. Agar bu narkoz asorati bo‘lsa, boshqa biror bir o‘zgarishlar kuzatilmasmikan?

Bahora Ortiqova, Toshkent shahri


Sherzod Mahmudov, shifokor-trixolog:

— Qizingizdagi soch to‘kilishiga narkozning ham ta’siri bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, organizmdagi zararli parazitlar (gijja)ga ham ahamiyat qaratish lozim. Sochning tutam ko‘rinishda to‘kilishi, ya’ni o‘choqli alopetsiya ko‘p hollarda gijja asoratida ham kelib chiqadi. Mahalliy hushsizlantirish (narkoz) usuli esa jigar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaziyatda muammoga to‘g‘ri yondashish uchun qonning umumiy va biokimyoviy tahlillari tekshirilishi kerak. Tahlil xulosasiga ko‘ra, zarur muolaja usuli tanlanadi. Umumiy quvvatlantiruvchi hamda immunitetni ko‘taruvchi vositalar tavsiya etilishi shular jumlasidan. Aksariyat ota-onalar bolalardagi soch to‘kilishida sochni tagi bilan olib tashlash bilan kifoyalanishadi. Ammo bu masalaning yechimi bo‘lolmaydi.

Manba: «Darakchi»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Narkozdan keyin soch to‘kiladimi?