13:05 / 21.09.2017
21 538

Yoshartiruvchi qora sedana...

Yoshartiruvchi qora sedana...
Qora sedananing yog‘i tarkibidagi Omega-6 va Omega-9 yog‘ kislotalari yurak qon-tomir, asab, hazm qilish tizimini va tananing gormonal balansini yaxshilaydi, shamollashning oldini olib, immunitetni mustahkamlaydi, tanani turli xiltlardan tozalaydi. Taomni parchalashda katta yordam beradi. Uning tarkibidagi vitamin Ye esa yoshartiruvchi ta’sirga ega. Ortiqcha vazn, qandli diabet, nafas olish yo‘llari kasalliklarida, shuningdek, saraton kasalliklarining oldini olish uchun va emizuvchi ayollarga ham sedana yog‘ini iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Shifo topish uchun sedana yog‘ini 3-4 oy davomida kuniga (nonushtadan keyin) 1 choy qoshiq qabul qilish zarur. Bolalarga esa (6 yoshdan katta) yarim choy qoshiq ichirgan maqsadga muvofiq. Muolajani 2 oylik tanaffusdan so‘ngra yana takrorlash mumkin.

Mumkin emas
: homilador ayollarga, shuningdek, yaqinda jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Ba’zi hollarda sedana yog‘i allergiyani keltirib chiqarishi ham mumkin.

Manba: darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yoshartiruvchi qora sedana...