23:39 / 02.10.2017
5 966

Olimlar ixtirosi Sizga yordam beradi

Olimlar ixtirosi Sizga yordam beradi
Ko‘pchilik anatomiya, fiziologiya fanlarida o‘rganilmagan narsa qolmadi, deb o‘ylashmoqda. Aslida esa bu fanlarni o‘rganganingiz sari yanada mukammalliklarni his qila boshlaysiz...

Masalan, Massachusets tadqiqotchilari yurakda turli hodisalar tufayli nobud bo‘lib, o‘z faoliyatini yo‘qotgan hujayralarni qayta tik­lashga yordamlashuv­chi yangi immun hujay­ra­ni topishdi. Bu hujayra hozirgacha ilm-fanda ma’lum emas edi. Uning vazifasi shundayki, tobora zaiflashayotgan hujayraning qayta tiklanishida ko‘maklashadi. Olimlar bu hujayra faoliyatini o‘rganib, uni yanada yaxshilash yo‘llarini tadqiq qilishdi va yangi formula ishlab chiqishdi. Bu tadqiqotni yuragida nuqsoni bor sichqonda sinab ko‘rishdi. Ma’lum muddatdan keyin sichqonning yuragida o‘zgarish yuz bera boshladi. Bir oy oldin faoliyatini yo‘qotgan hujayralar o‘z faoliyatini tiklay boshladi.

Olimlarning aytishlaricha, bu kabi hujayralar insonning barcha organlarida mavjud. Faqat turli preparat, reaksiya­lar ta’sirida ma’lum bir a’zo hujayralari va buning oqibatida ularni tiklovchi hujayralar ham nobud bo‘lyapti. Olimlar mazkur tadqiqot ustida ishlamoqdalar. Ular bu turdagi hujayralarning faoliyatini yanada yaqinroqdan o‘rganishlari kerakligini aytishmoqda.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar ixtirosi Sizga yordam beradi