18:52 / 10.10.2017
7 107

Kariyesdan xalos etamiz!

Kariyesdan xalos etamiz!
Rossiyalik olimlar hozirgi kunda ko‘pchilikda uchrayotgan kariyes kasalligini mohirona bartaraf etish usulini o‘ylab topishdi...

Ko‘p yillik izlanish­lar natijasida olimlar ixtiro qilgan “na­no­­material” kariyes kasalligini bartaraf etadi. Bu nanomaterial stomatologiya sohasidagi eng ajoyib ixtiro deb ta’riflanmoqda. Olimlar titan va rux oksididan iborat nanozarracha xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, bu zarralar xuddi antibiotiklar singari zararlangan bakteriyalarni o‘ldirishi mumkin, deb topishdi.

Yakov Karasenkov, loyiha rahbari:

— Bu ixtiro stomatologiya sohasidagi texnologik rivojlanishning yangi davrini ochib beradi. Bu foydalanuvchilarga hech qanday noqulayliklar tug‘dirmaydi. Endi biz yangi texnologiyalar orqali insonlarni qiynayotgan turli kasalliklarni bartaraf eta olamiz va buning uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar qilishga tayyormiz. Bu ixtiro bizning mazkur sohadagi dastlabki ixtiromiz bo‘lishi mumkin, lekin bu sohadagi tadqiqotlarimiz davom etmoqda.

Manba: Darakchi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kariyesdan xalos etamiz!