11:30 / 15.10.2017
9 539

Amerikalik olimlar: «Sut yurakning kutilmaganda ishlashdan to‘xtashiga yo‘l qo‘ymaydi…»

Amerikalik olimlar: «Sut yurakning kutilmaganda ishlashdan to‘xtashiga yo‘l qo‘ymaydi…»
Bir guruh amerikalik olimlar sut tarkibi va ijobiy, salbiy xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ajoyib bir sirni aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, sut ichgan odamning yuragi hech qachon kutilmaganda to‘xtab qolmas ekan. Bu sut organizmdagi kalsiy miqdorini bir me’yorda ushlab turishi natijasida sodir bo‘ladi.

Tadqiqotlarda ishtirok etgan 700 dan ziyod ko‘ngilli yuqoridagi fikr naqadar to‘g‘riligini isbotlab berdi.
Darvoqe, organizm uchun bunday foydali xususiyatlar faqat sutda emas, balki har qanday sut mahsulotida keragicha mavjud.

Demak, yurak baquvvat bo‘lishi uchun nafaqat sut, balki pishloq, qatiq, kefir, qaymoq, sariyog‘ iste’mol qilish ham yoqimli lahzalarni hadya etib turarkan. Faqat bu mahsulotlar iste’molini me’yordan oshirmaslik kerak. Haftada uch kun sut mahsulotlarini iste’mol qilish kifoya qiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Amerikalik olimlar: «Sut yurakning kutilmaganda ishlashdan to‘xtashiga yo‘l qo‘ymaydi…»