11:56 / 18.10.2017
9 283

Shakar organizmda saratonni rivojlantirishi aniqlandi

Shakar organizmda saratonni rivojlantirishi aniqlandi

Shakarni oq qotil deb atashlari bejiz emasdir balki. Uzoq vaqt davomida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shakarning yana bir salbiy sifati aniqlandi.

Flamand biotexnika instituti olimlari shakarni ko’p miqdorda iste’mol qilish saraton to’qimalarini faollashtirib yuborishi haqida ma’lum qildilar.

9 yil davom etgan tadqiqotlar Varburg effekti (metobolik og’ish) jarayoni va salbiy to’qimalar faolligi orasida bog’liqlik bor ekanini tasdiqladi.

Sog’lom to’qimalardan farqli ravishda saraton to’qimalari quvvatni glyukoza taqsimlanishi hisobga ishlab chiqaradi va bu asta-sekin saraton hastaligining paydo bo’lishiga olib keladi.

“Aniqlangan bog’liqlik onkologik kasalliklardan aziyat chekuvchi insonlar uchun maxsus parhezlar ishlab chiqishga ko’mak beradi” deydi horij OAV manbaalari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shakar organizmda saratonni rivojlantirishi aniqlandi