Kunlar asta-sekin salqinlashishi bilan bolalar va kattalar orasida yo’tal muammosi avj oladi. Shunday paytda har birimizning uyimizdan topiladigan oddiy vositalar ko’magi bilan ushbu muammoni hal qilish mumkin.
1.2 oshqoshiq sariyog’, 2 ta tuxum sarig’i, 1 choyqoshiq un va 2 choyqoshiq asal yaxshilab aralashtirilgancha yo’tal tutgan paytda 1 choyqoshiqdan iste’mol qilinadi.
2.Anjirni sutda qaynatib ichgan kishi yo’tal tutishidan ham tezroq halos bo’ladi.
3.Bir choyqoshiq ukrop urug’ini 1 choynak suvga damlab ichish balg’am ko’chishida foyda qiladi.
4.Orasiga sariyog’ yoki dumba solib, bug’da, shuningdek dimlab pishirilgan behi yoki sholg’om quruq yo’talni davolashda eng yaxshi vositadir.
5.Yog’i olinmagan sutni sariyog’ bilan qaynatib, issiq holida ichish tomoqni yumshatadi, qirilishi va yo’tal tutishida foyda beradi.
6.Yo’talda achchiq bodomni huddi choy kabi damlab ichishning ham nafi kattadir.
7.Olma yoki anjir qoqisi damlab ichilsa, balg’am ko’chirib, tomoqni yumshatadi.
8.Kartoshka po’sti bilan qaynatiladi va suvi to’kib tashlangach, issiq holida biror idishga solinib, nafas yo’llariga to’g’irlanadi. Boshga ro’mol yoki sochiq yopib olinadi. Bu amal yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishiga foyda qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi