22:38 / 28.10.2017
9 254

Kofe o‘rniga choy ichish uchun 5 ta sabab

Kofe o‘rniga choy ichish uchun 5 ta sabab
Kofe yoki choy ichishni har birimiz xush ko‘ramiz. Ulardan qay birini tanlashda ikkilansangiz, sevimli ichimligingizning qay biri afzalliklarga ega ekanliga haqida bilib oling.

Olimlar choyning foydali jihatlarini undagi polifenollar (o‘simlik barglaridagi antioksidantlarning bir turi) va fotokimyoviy xususiyatlar bilan bog‘laydi. O‘zining ommabopligi jihatidan u faqat ichimlik suvidan ortda qolishi mumkin.

Patentlangan dori vositalaridan farqli ravishda choy tarkibida toksinlar yo‘q. Quyida biz nega choy qahva yoki siz sevib iste’mol qiladigan boshqa ichimlikdan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatuvchi beshta asosiy sababni e’tiboringizga havola etamiz.

Birinchi sabab

Choy chidamlilikni oshiradi. Yaponiyaning Kao Corporation laboratoriyasi olimlari ko‘k choy tarkibidagi katexinlar (antioksidantlar) organizmning yog‘larni eritish xususiyatini oshirishini aniqladi.

Ikkinchi sabab
Choy yurak xuruji xavfini kamaytiradi. U, shuningdek, organizmni yurak-qon tomir va naslni buzuvchi xastaliklardan himoyalanishiga yordam beradi.

Uchinchi sabab
Choy ko‘p a’zolarni saratondan himoya qiladi.

To‘rtinchi sabab
Choy organizmning suv yo‘qotishiga qarshi kurashadi. Britaniyalik dietolog Kler Uilyamsonning ta’kidlashicha, tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar organizmning ko‘p suv yo‘qotishiga sabab bo‘lishi haqidagi qarashlar uydirmadan boshqa narsa emas.

Muhimi, kuniga uch finjondan ortiq choy ichmang.

Beshinchi sabab
Choy ultrabinafsha nurlardan eng yaxshi himoyani ta’minlaydi. Yaxshi yangilik — ko‘k choy quyoshdan himoya qiluvchi kremning «zaxira nusxasi» rolini bajarishi mumkin (zinhor uning o‘rnini bosa olmaydi). O‘tkazilgan tajribalar choy hujayralarning quyoshdan kuyishi va ultrabinafsha nurlari tufayli DNKning zararlanishini qisqartirganligini ko‘rsatdi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kofe o‘rniga choy ichish uchun 5 ta sabab