01:35 / 02.11.2017
10 899

Olimlar uyqusizlikdan 1 daqiqa ichida qutilishning yo’lini topishdi

Olimlar uyqusizlikdan 1 daqiqa ichida qutilishning yo’lini topishdi
AQSHlik Garvard universiteti olimlari uyqusizlikdan halos bo’lish chorasini topishdi.

Mazkur usul hind yoga mutaxassislari tomonidan ham meditatsiyalar paytida qo’llanilar edi.

Mashqning nomi “4-7-8” bo’lib, u 1 daqiqa ichida uxlab qolishga yordam beradi.

“Buning uchun 4 soniya davomida burundan nafas olib, nafasni 7 soniya chiqarmasdan ushlab turish kerak. So’ng og’iz bo’shlig’idan 8 soniya davomida nafas olinadi. Ushbu ketma-ketlik uxlab qolgunga qadar takrorlanadi” deydi olimlar.

Shuningdek, mazkur usul kishi asablarini tinchlantirishi ham alohida qayd etilmoqda.

Ushbu mashqdan asabiylashgan paytda tushkunlik holatidan chiqish uchun ham foydalansa bo’ladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar uyqusizlikdan 1 daqiqa ichida qutilishning yo’lini topishdi