10:56 / 03.11.2017
31 457

Bilib qo‘ygan yaxshi. Uzumning shifobaxsh xususiyatlari

Bilib qo‘ygan yaxshi. Uzumning shifobaxsh xususiyatlari
Inson salomatligi uchun juda foydali bo‘lgan uzum ming bir dardga davo. Uzumning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu meva o‘z tarkibi bilan ona sutiga tenglasha oladi.

TARKIBI
Uzum tarkibida V guruhidagi barcha vitaminlar, Ye, A, RR, K, S va D vitaminlari ham yetarlicha saqlanadi. Bundan tashqari, uzumda temir, mis, kaliy, kalsiy, magniy, rux, bor, vanadiy, alyuminiy molibden, pektin, selen, titan, kobalt, radiy anion, xlor, kremniy va oltingugurt kabi moddalar ham bor.

ORGANIZMNI TOZALAYDI
  • Uzum tozalovchi vosita sifatida inson organizmiga tushgan har qanday infeksiyani haydab chiqarish xususiyatiga ega. Undagi antiseptik xususiyat insonni zaharlanishdan saqlaydi.
  • Uzumda suv, glyukoza, pektin, oqsil, uglevod, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotasi, efir moyi hamda bo‘yovchi moddalar mavjud.
  • Meva qobig‘idagi fitosterin saraton va boshqa og‘ir kasalliklarga qarshi antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Unda esa bir qancha vitaminlardan tashqari, mineral tuzlar ham bor. Bu moddalar yordamida inson tanasi hamisha yengil va infeksiyalardan xoli bo‘ladi.
  • Uzumning dunyo tabiblari tomonidan tan olinishiga sabab uning balg‘am ko‘chiruvchi, terlatuvchi, zahar va infeksiyalarni tozalovchi, bakteriyalarni o‘ldiruvchi, organizmdagi toshni maydalovchi va qonni to‘xtatuvchi xususiyatga egaligidir.

ShIFOBAXSh XUSUSIYaTLARI
  • Yo‘g‘on ichak yallig‘lanishida kuniga bir stakan uzum sharbati ichish tavsiya etiladi.
  • Uzum sharbatidan kuniga bir stakandan 4 mahal ichilsa, peshob haydashga yordam beradi.
  • Uzum bargi damlamasi qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi. Shuning uchun qandli diabet bilan kasallangan bemor retseptida uzumning o‘rni alohida.
  • Uzum va uning sharbati bilan davolanish ishtahasizlikka chek qo‘yadi. Uyqusizlik, kamqonlik, buyrak kasalligi, nevroz va tanadagi modda almashinuvi buzilishiga qarshi samarali vositadir.
  • Uzumning eng foydali navi qora kishmish bo‘lib, u kamqon va nimjon odamlarga tavsiya etiladi.
  • Hatto saratonga chalingan bemorlarga ham immunitetni ko‘taruvchi vosita sifatida qora uzum yoki mayiz buyuriladi.
  • Uzum sharbatida fruktoza, glyukoza, saxaroza, raffinoza, ksiloza kabi foydali elementlar borligi sabab quvvatni oshiradi.

GEPATITDA YoRDAM BERADI
  • Uzumni kamqonlik, yurak-qon tomirlaridagi kasalliklar, surunkali gepatit kabi xastaliklarga qarshi iste’mol qilish buyuriladi.
  • Bundan tashqari, uzumni oshqozon-ichak trakti, o‘tkir va surunkali nefrit, nevroz kasalligiga qarshi iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  • Buyragida tosh yoki qum bo‘lganlar doimiy ravishda uzum yeb, sharbatini ichib yurishsa, undan xalos bo‘lishadi.
  • Nafas yo‘llaridagi shamollash va astmaga qarshi uzum sharbatini ichish foydali. Chunki u shamollashni oladi.

DANAGIDAN OLINGAN YoG‘ YuRAK-QON TOMIR KASALLIKLARIGA DAVO
* Uzum danagidan olingan yog‘da juda ko‘p elementlar: bioflavonoid, Ye va S vitaminlari, rux hamda selen kabilar saqlanadi. Bu yog‘ tarkibida mustahkam tabiiy antioksidant mavjud bo‘lib, limfa tomirlarining egiluvchanligini oshiradi.
* Bundan tashqari, organizmda xolesterin moddasi ko‘payib ketishining oldini oladi.
* Uzumning yana bir xususiyati, organizmda endi boshlangan gipertoniyani davolaydi.
* Uzum yog‘idan har tong bir choy qoshiq ichilsa, yurak-qon tomiri kasalliklari, ateroskleroz va artrit xastaliklariga shifo bo‘ladi.
* Mazkur yog‘ immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ham ega. Bu esa turli infeksion kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
* Uzum danagidan olingan yog‘ organizmni to‘yinmagan yog‘ kislotasi, enzim, xlorofill, kaliy, natriy va temir bilan oziqlantiradi.
* Bu yog‘ odamlarni insult, infarkt, tromboz va kuperoz kasalliklaridan xalos bo‘lishiga yordam beradi.
Ushbu ajoyib vosita yallig‘langan g‘udda, husnbuzur, kesilgan va kuygan joy, bitishi qiyin bo‘lgan yaralarni davolashda ham qo‘llaniladi.

QORA UZUM SARATONGA DAVO
  • Uzum po‘sti va danagida resveratrol miqdori ko‘pligi sababli unda saratonga qarshi kurasha olish quvvati bor.
  • Yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyati tufayli ko‘krak saratoni, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichaklardagi saraton xastaligining boshlanishini asoratsiz davolaydi.

MAYIZ MIYaGA DAM BERADI
  • Mayiz juda kaloriyaga boy mahsulot bo‘lib, undan kamqonlik, quvvatsizlik, immunitet pasayishi va asablar taranglashuvida foydalaniladi.
  • Yangi uzilgan uzumga nisbatan mayizning shifobaxshligi yanada kuchliroq bo‘ladi.
  • Oq uzum mayizi asab tolalarini mustahkamlab, ichaklarni toksin va infeksiyalardan tozalasa, qora uzum mayizi esa asabi taranglar uchun eng foydali darmondori, ya’ni asabni tinchlantirib, charchoqni oladi.

BO‘LAJAK ONALARGA UZUM ShARBATI ENG YaXShI DARMONDORI
Qora uzum sharbati homilador ayollarning quvvatini oshiradi va tanadagi qon aylanishini yaxshilaydi. Immunitetni ko‘taruvchi bu vosita tug‘ilajak bolaning yurak faoliyatini ham to‘g‘ri shakllantiradi. Buning uchun yangi uzilgan uzumdan iste’mol qilish yanada foydaliroq.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bilib qo‘ygan yaxshi. Uzumning shifobaxsh xususiyatlari