11 819
Shifokorlar ilk bora “kapalak” bolaning teri genlarini o’zgartirib, davolashga erishdilar
Xabar berilishicha, Gemaniyalik shifokorlar suriyalik bolakaydagi o’ta noyob bo’lmish irsiy teri kasalligini davolashga erishdilar. Tibbiyot vakillari bola terisini 80% qismi ko’chirib o’tkazishgan.
Bolakay chalingan bullyoz epidermoliz hastaligida inson terisi o’ta nozik va infeksiyalarga nisbatan behad ta’sirchan bo’lib qoladi. Dunyo bo’yicha ushbu kasallikdan 500000 nafar odam aziyat chekadi. Ularning 40% i esa o’smirlik yoshiga ham yeta olmay, vafot etishadi.
Shifokorlar bolani davolashdan avval natijaning muvaffaqiyatli bo’lishiga 50% imkon bor ekanligi haqida bilishgan.
Bolakayni davolash uchun uning shikastlangan terisi o’lchamlariga mos teri bo’laklari o’stirilgan. Italiyalik shifokor Luka esa o’z laboratoriyasida teri to’qimalarini modernizatsiya qilish ishlari bilan shug’ullangan.
Teri bo’lakchalari Germaniyaga keltirilgach, ikkita operatsiya davomida bola tanasining jarohatlangan yerlariga qo’yib chiqildi. Ayni paytda bola o’zini yaxshi his qilayotgan bo’lsa ham, shifokorlar uni nazorat qilishdan to’xtaganlari yo’q. Ushbu operatsiya mazkur usulni boshqa bemorlarda qo’llab ko’rishga ham imkon yaratadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi