09:58 / 23.11.2017
12 600

Rossiya olimlari sovun inson salomatligi uchun o‘ta xavfli ekanini aniqlashdi…

Rossiya olimlari sovun inson salomatligi uchun o‘ta xavfli ekanini aniqlashdi…
Rossiya fanlar akademiyasiga qarashli teoretika va eksperimental biofizika instituti olimlari sovun tarkibidagi triklozan antibiotigi inson salomatligi uchun xavfli ekanini o‘z tadqiqotlari davomida aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, antibiotik jigar to‘qimalarini o‘ldirish, allergik xastaliklar keltirib chiqarishi bilan xavfli hisoblanarkan. Olimlarning aytishiga qaraganda, Amerikada allaqachon sovunga bu antibiotikni qo‘shish qat’iyan taqiqlab qo‘yilgan. Rossiyaning o‘zida ham bosqichma-bosqich triklozan taqiqloviga erishilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, triklozan antibiotigi o‘tgan asrning 60-yillarida xavfli infeksiyalarga qarshi ommaviy tarzda qo‘llana boshlangan. Zararini esa kuni kechagina aniqlashga muvaffaq bo‘lishibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Rossiya olimlari sovun inson salomatligi uchun o‘ta xavfli ekanini aniqlashdi…