11:00 / 28.11.2017
39 154

Tish og‘rig‘ini davolovchi g‘aroyib retseptlar

Tish og‘rig‘ini davolovchi g‘aroyib retseptlar
Mabodo Sizni tish og‘rig‘i bezovta qilib qolsa, quyidagi oddiy retseptlardan foydalanib og‘riqni bartaraf qilishingiz mumkin:

1. 2-3 dona kichik bargizub o‘simligi bargini 7-8 ta yalpiz bargi bilan og‘izga solib, og‘rigan tish ustida 2-3 daqiqa chaynab ushlab turish hamda bargizub bargini qo‘lda biroz ezib, ikki quloq teshigiga 4-5 daqiqa qo‘yib turish tish og‘rig‘ini qoldiradi.

2. Shotut bargining suvi bilan og‘iz chayilsa, tish og‘rig‘i qoladi.

3. Tish og‘rig‘ini qoldirishda sarimsoq, yalpiz, bargizub, qalampir, qovoq, qovun, sovun o‘t, sigirquyruq, qoqigul, atirgul ham foydali hisoblanadi. Buning uchun ularning biridan damlama tayyorlab, og‘zingizni g‘arg‘ara qilsangiz, kifoya.

4. Bir piyola qaynagan suvga bir choy qoshiq osh tuzidan solib aralashtiring va har kuni ikki marta ana shunday suv bilan tishlaringizni chayqang.

5. Har zamonda qurut so‘rib yursangiz, tishingiz sog‘lom va baquvvat bo‘ladi.

6. Chinor po‘stlog‘ini uzum (olma) sirkasida qaynatib, og‘iz g‘arg‘ara qilinsa ham tish og‘rig‘i qoladi.

7. Achchiqtosh ham tish og‘rig‘ini qoldiradi. Buning uchun 1 gramm achchiqtoshni yarim litr qaynagan suvda eritib, uni 7 ga bo‘ling va bir hafta davomida kuniga 3 mahal og‘zingizni chaying.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Alisher
Alisher 8 мая 2020 11:28
Qoil ajoyip
Yangiliklar » Salomatlik » Tish og‘rig‘ini davolovchi g‘aroyib retseptlar