10:40 / 03.12.2017
9 539

Olimlar quvvatbaxsh ichimliklardan ham kuchliroq meva qaysi ekanligini aniqlashdi

Olimlar quvvatbaxsh ichimliklardan ham kuchliroq meva qaysi ekanligini aniqlashdi
Shimoliy Karolina universitetida faoliyat olib boruvchi amerikalik tadqiqotchilar izlanishlari natijasida tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo’lgan eng kuchli mevani aniqladilar.

Tadqiqot davomida ko’ngilli velopoygachilar ikki guruhga ajratildi va biriga maxsus sport ichimliklari, ikkinchisiga esa oddiy bananlar berildi.

Ma’lum qilinishicha, banan har qanday quvvatbaxsh ichimliklardan kuchliroq ekan. Meva o’z tarkibida yuqori miqdordagi kletchatka, kaliy, B 6 guruhidagi vitaminlar va antioksidantlarni saqlaydi.

Bundan tashqari bananlar tarkibida foydali shakarlar (saxaroza, fruktoza, glyukoza) ham mavjud bo’lib, ular hech qanday ziyonsiz organizm tonusini oshiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar quvvatbaxsh ichimliklardan ham kuchliroq meva qaysi ekanligini aniqlashdi