04:15 / 12.12.2017
10 743

Tish protezlarining zarari haqida ma’lum qilindi

Tish protezlarining zarari haqida ma’lum qilindi
Tish protezlaridan foydalanish insonning to‘yib ovqatlanmasligiga sabab bo‘ladi. London Qirollik kolleji olimlari bu borada tadqiqot o‘tkazib, shunday xulosaga kelishdi. Geriatrics & Gerontology International jurnalida berilgan ma’lumotga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Tish protezlari sog‘lom yeguliklar - masalan, go‘sht, yong‘oqlar, meva va sabzavotlarni chaynashga xalaqit beradi. Qachonlardir tishlaridan mahrum bo‘lib, protez qo‘ydirmaganlarda ham xuddi shunday muammolar bo‘ladi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ikki holatda ham oxirigacha chaynay olmaslik sabab mushaklar, suyaklar va bo‘g‘inlar zaiflashadi, bu esa jarohat va yoriqlar bilan tahdid soladi.

"Bugunga kelib jarohatlar bilan bog‘liq deyarli barcha kurashlar parhezlar va odamlarda ovqatlanishga to‘g‘ri yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan, tishlarning muammolarga ta’siri esa inkor etiladi", - deydi ilmiy izlanish mualliflaridan biri, doktor Vael Sabah.

Tadqiqotda 1800dan ziyod kishi ishtirok etdi, qatnashchilarning o‘rtacha yoshi 62 yoshni tashkil qildi. Ular guruhlarga ajratildi (kamida 20 ta tish egalari va undan kam bo‘lganlardan iborat ikki guruh - birida protez tishlar o‘rnatilgan kishilar, boshqasi - tushgan tish o‘rni to‘ldirilmagan kishilar), tana massasi indeksi o‘lchandi va tishlar, to‘qimalar hamda suyaklar ahvoli tahlil qilindi. Natijalar sun’iy tish qo‘ydirgan kishilarda to‘yib ovqatlanmaslik yoki "sinuvchanlik" xavfi 32 foizga oshishini ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tish protezlarining zarari haqida ma’lum qilindi