09:30 / 16.01.2018
22 582

Pista chaqish salomatlik uchun zararlimi?

Pista chaqish salomatlik uchun zararlimi?
Kishilar uchun sevimli, ommaviy ermaklardan biri – pista chaqish. Ushbu o‘ziga xos tanovulning ijobiy hamda salbiy tomonlari bor, albatta.

Mutaxassislarning fikricha, pista chaqish tishlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zero, pista chaqishda tishlar emali, ayniqsa oldingi tishlar emali kuchli ravishda buziladi. Tish doktorlari pista chaqish ishqibozlarini tishlar holati bo‘yicha darxol aniqlay oladilar. Shuningdek, pista jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi ham mumkin. Pista tarkibida o‘simlik moyi juda ko‘pligi bois kuniga 30-40 grammdan ko‘proq pista chaqish qomat uchun zararlidir. Semizlikka moyil, semirishdan, ortiqcha vazndan qiynalayotgan kishilar imkon qadar kamroq pista chaqqanlari ma’qul. Ta’kidlash joyizki, «pista» deyilganda xandonpista kabi quruq meva turi emas, xalqimizda «semechka» deb ataluvchi kungaboqar mevasi (urug‘i) nazarda tutilmoqda. 100 gr. pistada 520 kilokaloriya mavjud bo‘lib, bu 800 gr. qaynatilgan guruch, qaynatilgan 400-450 gr yog‘siz baliq, 300-350 gr. go‘sht, 100 gr. plitka shokoladi, 200 gr. har qanday non, 600 gr. qaynatilgan makaron, 100 gr. yong‘oq bilan barobardir.

Pista chaqishning ijobiy tomonlari shundaki, u xolesterinni kamaytiradi va qarishni sekinlashtiradi. Kungaboqar mevasi tarkibida inson organizmi uchun foydali magniy, mis, sink, folan, oziqli to‘qimalar mavjud. Shuningdek, pista tarkibida «yoshlik darmondorilari» – A hamda Ye vitaminlari ham bor. Ma’lumki, bu vitaminlar teri tarangligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Kungaboqar, oshqovoq, zig‘ir, kunjut urug‘larida yarim to‘yinmagan moyli kislotalar bor bo‘lib, ular yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga, hamda xolesterinni kamayishiga yordam beradi.

Shuni unutmangki, xar bir narsa me’yordan ortiq bo‘lsa foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq bo‘ladi. Shu sababli xar narsada me’yorni saqlash sog‘lik uchun foydalidir.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Pista chaqish salomatlik uchun zararlimi?