18:39 / 20.01.2018
12 341

Qizil rangli mahsulotlarni iste’mol qilish organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkinmi?

Qizil rangli mahsulotlarni iste’mol qilish organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkinmi?
Allergik xastaliklarda qizil rangli mahsulotlarni iste’mol qilish salbiy holatlarga sabab bo‘lishini eshitganmiz. Bu qanday o‘ziga xosliklar bilan bog‘liq? Shu haqda Respublika ilmiy ixtisoslashgan allergologiya markazi oliy toifali shifokori ­Jamshidbek NAZAROV ma’lumot beradi.

— Olimlarning olib borgan izlanishlari natijasiga ko‘ra, qizil rangli meva va sabzavotlarda likapin va antotsianin moddalari mavjud. Shuningdek, ular kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi (gistominoliberator)lar saqlashi tufayli allergik xastaliklarda tavsiya etilmaydi. Qizil meva va sabzavotlar o‘zidan sun’iy rang chiqarish xususiyatiga ega. Bunday mahsulotlar qatoriga pomidor, sitrus mevalar, qulupnay, malina, olcha, smorodina hamda ulardan tayyorlangan sharbat va murabbolarni kiritish mumkin. Allergiyaga moyilligi bor kishilar kasallik bezovta qilganda va bahor oylarida bularni iste’mol qilmasligi tavsiya etiladi. Lekin olxo‘ri mevasi va sharbati bundan mustasno. Shuningdek, qizil olmaning po‘stini archib iste’mol qilsa bo‘ladi.

Allergiyaning mavsumiy yoki doimiyligiga qarab, qatiy parhezda bo‘lgan bemorlar xuruj vaqti o‘tgandan so‘ng asta-sekinlik bilan oz-ozdan qizil mahsulotlarni kam miqdorda iste’mol qilishi mumkin.
«Oila davrasida» gazetasidan olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qizil rangli mahsulotlarni iste’mol qilish organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkinmi?