12:04 / 21.01.2018
17 169

Organizmni tozalovchi 7 mahsulot

Organizmni tozalovchi 7 mahsulot
Biz tanovul qildigan meva va zabzavotlar dori vositalariga qaraganda organizmni zararli vositalardan bir zumda tozalay oladi. Quyida ular bilan tanishtiramiz.

KARAM
Karam tarkibida organik kislotalar mavjud bo‘lib, ular ovqat hazm qilish faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Ichak mikroflorasini me’yorlashtiradi.

Bu hali hammasi emas, uning tarkibida juda kam uchraydigan U vitamini yetarli miqdorda mavjud. Mazkur vitamin organizmdagi xavfli moddalardan forig‘ qilib, vitaminlar sintezi jarayonida qatnashadi. Hatto, yaraning bitishiga ko‘mak beradi.

QIZIL LAVLAGI
Qizil lavlagi organizmni tozalovchi birinchi raqamli mahsulot sanaladi. Buning sababi uning tarkibida kletchatkalar, mis, fosfor, S vitamini va barcha turdagi foydali kislotalar mavjud bo‘lib, ular ovqat hazm qilinishida muhim ahamiyatga ega.

Uning tarkibida jigarni toksinlar (zaharli moddalar)dan tozalovchi vositalar mavjud hamda uning tarkibidagi foli kislotasi organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Yana uning tarkibidagi kvars moddasi mavjud bo‘lib, u teri, soch va tirnoqlar salomatligini mustahkamlaydi.

SARIMSOQ
400 dan ortiq foydali moddalar bir dona sarimsoq bo‘lagi tarkibida mavjud. Mazkur moddalar qon-tomirlarni tozalashda, qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda va miya saratonini xavfini bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega. Sarimsoq tarkibidagi uchraydigan xelikobakter moddasi me’da yarasining bitib ketishida samarali ta’sir etadi.

Difteriya, glist va sil tayoqchalarini “o‘ldiradi”.

PIYoZ
Piyoz tarkibidagi fitonsidlar o‘zida efir moyini saqlaydi. Fitonsidlar bir necha soniya ichida ko‘p miqdordagi zamburug‘ va bakteriyalarni o‘ldiradi. Shu bilan birgalikda u ovqat hazm qilish jarayonida muhim ahamiyatga va ishtahani ochuvchi xususiyatga ega.

Mazkur sabzavot tarkibida juda ko‘p miqdorda oltingugurt mavjud bo‘lib, u xavfli mahsulotlardan organizmni zararsizlantiradi va yo‘qotadi.

OLMA
Olma tarkibi pektin va kletchatkalarga boyligi sabab ovqat hazm qilish faoliyatini me’yorlashtiradi. U ishtahani ko‘taradi, me’da shirasi ishlab chiqarilishini faollashtiradi, qabziyatdan forig‘ etadi. Shu bilan bir qatorda olma A turga mansub grippning qo‘zg‘alishiga qarshilik ko‘rsatadi, ich ketishiga qarshi vosita sanaladi.

AVOKADO
Mazku “janubiy” mevaning foydali xususiyatlaridan afsuski hamma ham xabardor emas. Avokado tarkibidagi glyutation moddasi jigarga tushadigan xavfli kanserogen moddalardan himoyalaydi. Qondagi xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi, hazm jarayonini yaxshilaydi, organizmni kislorod bilan ta’minlaydi.

KLYuKVA
Klyukva eng kuchli tabiiy antibiotik va viruslarga qarshi vositadir. U qovuqni tozalaydi va uni xavfli bakteriyalardan bartaraf etadi. Saraton hujayralari rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va qon-tomirlardagi tromblar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Xurshida HUSENOVA

Manba: soglom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmni tozalovchi 7 mahsulot