22:22 / 21.01.2018
5 807

Fransiyalik jarrohlar yuz terisini ko’chirishga doir operatsiyani bir bemorda ikkinchi bor o’tkazdilar

Fransiyalik jarrohlar yuz terisini ko’chirishga doir operatsiyani bir bemorda ikkinchi bor o’tkazdilar
Fransiyalik jarrohlar yuz terisini ko’chirib o’tkazishga doir ikkinchi operatsiyani muvaffaqiyatli tarzda yakunladilar.

Ismi oshkor etilmagan bemor bir necha yil avval jarrohlik aralashuvi bilan aynan shunday operatsiyani boshdan kechirgan, ammo jarayon natijasi kutilganiday bo’lmagandi.

2017 yilning noyabr oyida erkak yuzidagi transplantat olib tashlandi va shifokorlar tomonidan yangi operatsiya o’tkazildi.
Bugungi kunda dunyo bo’ylab bu turdagi operatsiyalar o’n martadan ko’proq o’tkazilgan.

Bir yil avval aynan shu turdagi operatsiya 2006 yilgi otishmalar natijasida yuz sohasidan jarohat olgan amerikalik Endi Sandness bilan ham o’tkazilgandi.

Ushbu operatsiya 56 soat davom etib, uning ustida 60 nafar mutaxassis ishlagan, deyiladi xabarda.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Fransiyalik jarrohlar yuz terisini ko’chirishga doir operatsiyani bir bemorda ikkinchi bor o’tkazdilar