13:24 / 26.01.2018
9 870

Endi tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi

Endi tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni «Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda payshanba kuni press-xollda ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakat bo‘yicha 1269 dona ixtisoslashtirilgan tez tibbiy yordam avtotransporti xarid qilinib, hududlarning talabi to‘liq qondirildi. Tez tibbiy yordam brigadalarining dori vositalari bilan ta’minlanishi ikki barobarga oshirildi.

Shunga qaramasdan tez tibbiy yordam samaradorligi hali belgilangan talablarga javob bermaydi. Tez tibbiy yordam brigadalarini dori preparatlari va tibbiy buyumlar, shuningdek ixtisoslashgan uskunalar bilan ta’minlash darajasi pastligicha qolmoqda.

Qaror bilan mulk shaklidan qat’iy nazar, tegishli vaziyatlarda tibbiyot muassasalarining barchasi bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi. Malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish qonun bo‘yicha taqiqlanadi.

Qarorda, shuningdek, tibbiyotning mazkur tezkor tizimini eng zamonaviy aloqa va texnika vositalari bilan ta’minlash, birlamchi tibbiy yordam muddatini yanada qisqartirish, uning sifatini yaxshilash, bu borada ilg‘or ish uslublarini joriy etish bilan bog‘liq amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Toshkent tez yordam stansiyasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallari bazasida dispetcherlik xizmatlari ishga tushirilib, ularga kunu tun 103 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Joriy yilda Toshkent va viloyatlar markazlari, kelgusi yildan barcha tuman va aholi punktlarida call-markazlar ishga tushadi.

Avvallari Farg‘ona vodiysining baland tog‘li Qamchiq dovonida shoshilinch yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi bo‘lmagan. Endilikda dovonning har 20 kilometrida bittadan tez tibbiy yordam mashinasi bo‘ladi, dedi Prezidentning davlat maslahatchisi Rustam Qosimov.

Barcha tez tibbiy yordam mashinalari GPS-navigatorlar bilan, brigadalar esa ratsiyalar bilan ta’minlanib, chaqiruv bo‘yicha borish vaqtini qisqartirishga erishiladi.

GPS sharofati bilan dispecherlar (endilikda ushbu lavozimga shifokorlar tayinlanadi) mashinalarning turgan joyini aniqlab, bemorga yaqinroq manzildagi mashinalarni yo‘naltiradi.

Qarorda tez tibbiy yordam mashinalarini yangi muddatlari ham belgilandi. Unga ko‘ra shaharlarda sakkiz yil, qishloq tumanlarida esa yetti yil xizmat ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi