11:22 / 29.01.2018
8 001

Olimlar stressdan xalos etuvchi mahsulotlar turini ma’lum qilishdi…

Olimlar stressdan xalos etuvchi mahsulotlar turini ma’lum qilishdi…
Barcha biladi, stress har qanday odamning oyog‘idan olib bir kuni o‘limga duchor etish qudratiga ega. Shuni hisobga olib dunyo olimlari xastalikdan xalos etuvchi, saqlovchi mahsulotlarni tilga olishdi. Ha, ular dori yo ukol emas, tabiiy mahsulotlar, xudoyimning biz bandalar uchun atab yaratgan mo‘’jizasidir.

Birinchi navbatda olimlar baliq iste’molini tavsiya etishdi. Aytishlaricha, baliq tarkibida mavjud yog‘ kislotasi organizmning yanada sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Uni turli zararli yopishqoq moddalardan tozalaydi. Och rangli meva, sabzavotlar esa miyadagi qon aylanish jarayonini me’yorda ushlab turadi.

Bu meva, sabzavotlar tarkibidagi bioflavonoidlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Organizmdagi charchoq alomatlarini yo‘qotish uchun olimlar pishloq va banan iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Yong‘oq esa har qanday tushkun kayfiyatni ko‘tarib, insonni yashashga, dunyoga tabassum bilan boqishga undab turadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar stressdan xalos etuvchi mahsulotlar turini ma’lum qilishdi…