23:01 / 29.01.2018
7 007

Uyquga to‘ymayapman, nima qilay?

Uyquga to‘ymayapman, nima qilay?
Agar inson surunkali to‘yib uxlamasa, uning salomatligida muammolar paydo bo‘lishini ko‘pchilik yaxshi biladi. Aslida me’yordagi uyquning davomiyligi yetti soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Bunga, afsuski, ko‘pchilik amal qilmaydi yoki butunlay loqayd qaraydi.

To‘yib uxlamaslikning yana bir salbiy tomoni aniqlandi. Kaliforniya universiteti tadqiqotchilarining aytishicha, uyquga to‘ymaslik turli muammolardan tashqari, insonning fe’l-atvor (xarakter)ini ham o‘zgartirib yuborar ekan. «Agar bir martagina yetti soatdan kam uxlagan bo‘lsangiz, miya va butun organizmda qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlar boshlanib ketadi. «Menga hordiq olishim uchun besh-olti soat yetarli», deyish ham o‘zini va salomatligini aldashdir. Ish haftasi davomida uyquga to‘ymaslik hissasini dam olish kunlari ko‘proq uxlab ham chiqarib bo‘lmaydi…»

Tadqiqotchilarning aytishicha, uyquga to‘ymaslik natijasida kishida ko‘rkamlik, salobat yo‘qola borarkan. Shu bilan parallel ravishda xotirasi pasayadi, qandli diabet, saraton va Alsgeymer kasalligi xavfi rivojlanadi. Tunda me’yorida tiniqib hordiq olish uchun olimlar uyquga ketishdan bir soat oldin qahva ichmaslik, kompyuterda ishlamaslik, telefondan foydalanmaslikni tavsiya etmoqda.
Muhiddin MALLABOYeV tayyorladi.

Manba: od-press.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Uyquga to‘ymayapman, nima qilay?