09:03 / 30.01.2018
43 431

Guruch yordamida organizmni tozalash usuli

Guruch yordamida organizmni tozalash usuli
Insonning butun tanasi faoliyati asosan oshqozon va ichaklarning qanday ishlashi bilan chambarchas bog‘liq. Oshqozon va ichaklarning devorlari zararli qotishmalar bilan qoplanib qolsa ovqat hazm qilishga qiynalib qolib boshqa kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lum vaqt mobaynida oshqozon ichaklarning devorini turli qotishmalar (shlak) qoplab tursa, bu holat oshqozon kasalliklari, jinsiy zaiflik, bo‘g‘inlarga og‘riqlar paydo bo‘lishi, zararli tuzlarning to‘planishi, buyrak va jigar faoliyatining buzilishi va boshqa ko‘plab muammolarlarning rivojlanishiga olib keladi.

Mazkur muammo hal qilinsa ovqat hazm qilish faoliyati qaytadan tiklanib, organizmdagi zararli moddalar, masalan, xolesterin, tosh va tuzlarni asta-sekinlik bilan chiqarib yuborish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, bo‘g‘inlardagi og‘riqlar, ortiqcha vazn, jigar va buyrakdagi nuqsonlar hamda jinsiy zaiflik kabi xastaliklarning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Biz guruch yordamida oshqozon va ichaklardagi shlaklarni yo‘qotish orqali butun organizmimizni tozalashga erishishimiz mumkin.

Guruchni tayyorlash
Agar topa olsangiz tozalanmagan guruch, topolmasangiz yaxshi pishgan guruchdan olasiz.
Ikki qoshiq guruchni kechasi bir piyola suvda ivitib qo‘yasiz (kamida ertalabgacha turishi kerak).
Ertalab ivitilgan guruchni chayib tashlab, 200 ml suv bilan olovga qo‘yasiz va besh daqiqa mobaynida qaynatasiz. So‘ngra suvini to‘kib, 200 ml toza suv bilan yana besh daqiqa qaynatasiz. Shu tariqa uch marta qaynatib, suvini to‘kasiz, to‘rtinchi marta ozgina suv bilan pishganicha qaynatib olasiz.

Qaynatilgan guruchning suvini to‘kishdan maqsad uning tarkibidagi kraxmal chiqib ketishi kerak. Shundagina guruch oshqozon va ichaklardagi ortiqcha moddalarni shyotkadek tozalab o‘tib ketadi. Bu guruchga tuz, shakar, yog‘ va boshqa narsalardan qo‘shmaslik lozim.

Tayyor bo‘lgan guruchning tomoqdan o‘tishi judayam qiyin va ta’msiz bo‘ladi. Biroq hayotda har qanday qiyinchilikning samarasi yuqori bo‘lishini bilasiz-ku. Shu sabab yaxshi natija bersin desangiz, guruchni yeyish uchun o‘zingizni majburlashingiz kerak. Tomog‘ingizdan o‘tishi naqadar qiyin bo‘lsa, ichaklardan ham o‘tishi qiyin bo‘ladi va shu orqali ichaklarni yaxshilab tozalaydi.

Ertalab uyg‘onganda hech nima tanavvul qilmasdan avval guruchning o‘zini och qoringa yeysiz, so‘ngra kamida uch soat ichimlik va boshqa yeguliklar iste’mol qilish mumkin emas, shundagina eng yuqori natijaga erishsa bo‘ladi. Och qolgan taqdirdayam sabr qilib, hech nima yeyilmaydi.

Yanada foydaliroq bo‘lishi uchun, muolaja davomida yog‘li taomlar, shirinliklar va boshqa shilimshiqsimon mahsulotlarni tanovvul qilmaslik lozim. Chunki oshqozon va ichak devorlariga yopishib olgan shlaklarning qotib qolishiga ko‘proq shu mahsulotlar sabab bo‘ladi. Buni yumshatish uchun esa ulardan vaqtincha voz kechish talab etiladi.

Mazkur muolajaning hech qanday aks ta’siri yo‘q.
Muolaja kamida yigirma kun davom etirilishi kerak, yanada ko‘proq foyda qilsin desangiz — 30 kun.

Ushbu tozalash bexato amalga oshirilsa, tozalashdan so‘ng olti oy mobaynida organizm o‘zini-o‘zi tozalashni davom ettiraveradi.

Manba: usmonov.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Guruch yordamida organizmni tozalash usuli