10:39 / 31.01.2018
14 332

Quritilgan topinambur damlamasi

Quritilgan topinambur damlamasi
Topinamburning quritilgan barg va novdalaridan damlangan choy kuch-quvvatni oshiradi. Ayniqsa, unga 5 dona qora ryabina mevasi, 3-4 bo‘lakcha yalpiz shoxchasi qo‘shib, ustidan qaynoq suv quysangiz, tayyor dorivor choyga aylanadi. Agar istasangiz bir choy qoshiq ko‘k choy qo‘shing. Bu damlama charchoqni tez bartaraf etadi, qon bosimini tushiradi, qondagi qand miqdorini kamaytiradi va eng muhimi, gemoglobinni ko‘tarish orqali quvvatingizni oshiradi.

Topinambur barglaridan tayyorlangan damlama juda foydali. Buning uchun sharbatni tayyorlashdan oldin topinambur shox va barglarini soya joyda quritib oling. So‘ng 15-30 gramm quritilgan topinamburni termosga solib, ustidan 1 litr suv quying va 1 soatga bostirib qo‘ying. Damlama tayyor bo‘lgach, undan suv o‘rnida ichib yuring. U sizni quvvatga kiritib, ishtahangizni ochadi va qondagi keraksiz moddalarni haydab chiqaradi. Bunday damlamani xohishga qarab, 30 kun davomida asal yoki murabbo bilan qo‘shib ichish ham mumkin.

Tongda, och holatda topinambur sharbatidan 2 osh qoshiq olib, unga teng miqdorda toza suv qo‘shib ichsangiz, jig‘ildon qaynashidan qutulasiz.

Bu sharbatdan qon bosimi ko‘tarilgani bois bosh og‘rig‘i va poliartritni davolashda ham foydalaniladi. Buning uchun kuniga 3 mahal 0,5 stakandan sharbat ichish tavsiya etiladi.

Agar siz garnirlar o‘rniga salatlarga topinambur qo‘shsangiz, qomatingizdagi o‘zgarishni darrov payqaysiz. Undan foydalanayotganingizda hamisha yangi qazib olinganiga e’tibor bering. Ana shundagina natijaga tez erishasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Quritilgan topinambur damlamasi