22:22 / 01.02.2018
6 303

Olimlar: Tushkunlikni «aqlni nazorat qilish usuli» yordamida davolash mumkin

Olimlar: Tushkunlikni «aqlni nazorat qilish usuli» yordamida davolash mumkin
Kolumbiya universiteti va San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetining tadqiqotchilari yaqinda sichqonlar miyasidagi «vahima hujayrasi»ni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ular hayvonlar aqlini nazorat qilish ilinjida yorug‘lik nuridan foydalanib ko‘rdi, deb xabar berdi Xabar.uz.

Tadqiqotchilar vahima uyg‘otadigan hujayralarni aniqlash va ularning miya sohasidagi darajasidan o‘tuvchi signallarni tekshirish uchun laboratoriya sichqonlari ustida bir qator tajribalarni o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, miyaning hissiyotlar markazidagi gippokampda sichqonlarda vahimani yuzaga keltiruvchi hujayralar mavjud ekan: sichqonlar uchun ushbu holatda vahimani yirtqich hayvonlar hujum qilishi mumkin bo‘lgan ochiq hudud uyg‘otadi.

Stressdan so‘ng sichqonlarni tinchlantirish uchun olimlar optogenetikadan — fotostimulyatsiyadan foydalandi. Ular vahimani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, natijada sichqonlar deyarli qo‘rquv hissini yo‘qotdi.

Ushbu usul odamlarda ham tushkunlik va qo‘rquvga qarshi kurashishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali vositaga aylanishi mumkin. Axir inson miyasining hujayralari ham sichqonnikiga o‘xshash. Bundan tashqari zamonaviy jamiyatda tushkunlik eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar: Tushkunlikni «aqlni nazorat qilish usuli» yordamida davolash mumkin