23:20 / 15.02.2018
7 274

Dorixonalar dori vositalari va tibbiy buyumlarni uylarga yetkazib beradi

Dorixonalar dori vositalari va tibbiy buyumlarni uylarga yetkazib beradi
Joriy yil dekabr oyida O‘zbekistonda yangi interaktiv servis xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda davlatimiz rahbarining 14 fevralda qabul qilingan “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida to‘xtalib o‘tildi.

Ya’ni sohada yangi axborot portali hamda mobil ilovalar yaratiladi. Ularning yordamida hamyurtlarimiz nafaqat zarur dori vositasi mavjud aptekani topishlari, balki uni real vaqt rejimida sotib olishlari mumkin. O‘z navbatida, zarur hollarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishli dorixonalar tomonidan aholiga yetkazib berishni ta’minlash ham ko‘zda tutilayapti.

O‘z navbatida, aholi ushbu qulaylik yordamida aptekaning litsenziyasi mavjudligini ham aniqlab oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur loyiha ijrosiga mas’ul etib belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Dorixonalar dori vositalari va tibbiy buyumlarni uylarga yetkazib beradi