17:10 / 24.02.2018
9 096

“Ozg‘in”lar uchun qatiq suvining foydasi...

"Озғин"лар учун қатиқ сувининг фойдаси...
Men ham boshimdan o‘tkazgan bir voqeani muxlislar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Chunki u kimlargadir, hatto bir kishiga asqotsa ham juda xursand bo‘lardim.

Yoshligimda bo‘yim novcha, yelkador yigit edim. Hatto yotoqxonada birga turgan kursdosh do‘stlarim ham mening qomatimga havas qilishardi. Lekin yillar o‘tib, juda ozib ketdim. Buni ayniqsa, kursdoshlarimiz bilan 20 yillik yubiley o‘tkazgan kunimiz juda yomon his etdim. Hatto uyaldim ham. Chunki uzoq yillardan so‘ng meni ko‘rgan kursdoshlarim hayratdan lol qolishdi.

Shunda Laziza ismli bir kursdoshimiz yonimga kelib, yoshligida buvisi bilan yashagani va tabobatdan ancha xabari borligini aytib: “Juda oriq bo‘lganlar kunni qatiq suvi bilan boshlasa, qoni tozalanadi, tanasidagi issiq safro soviydi va kamayadi. Qolaversa, u ichaklar va taloqqa dam berib, hazmni osonlashtiradi hamda semirishga yordam beradi”, dedi.

Uyga kelgach, kursdoshlar bilan diydorlashuvdan bir xursand bo‘lsam, ularning ahvolimni ko‘rib, achingannamo qarashlaridan izza bo‘lganimni o‘ylab, xafa bo‘lardim. Uch-to‘rt kun ana shunday g‘alati ahvolda yurdim. Oxiri, Lazizaning aytganini qilib ko‘rishga qaror qildim. Ayolimdan har kuni nahorga qatiqning suvini tayyorlab berishini so‘radim va har bir kunimni qatiq suvi bilan boshlaydigan bo‘ldim. Haqiqatdan ham qatiq suvi yordam berdi. Tanamga et bitib, quvvatga kira boshladim. Hozir vaznim ancha ortgan.

Yaqinda kursdoshlarim bilan 25 yillik yubileyni o‘tkazmoqchimiz. Endi ularning yoniga ochiq yuz bilan boraman. Lazizaga ham bir yo‘la o‘z minnatdorligimni bildirib qaytmoqchiman.

Botirjon YO‘LDOSHЕV


Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » “Ozg‘in”lar uchun qatiq suvining foydasi...