08:31 / 10.03.2018
10 907

Asal va dolchin — salomatlik garovi

Asal va dolchin — salomatlik garovi
Asalning ham, dolchinning ham shifobaxsh xususiyatlari ko‘p. Ikkisi uyg‘unlashganda esa bu xususiyatlari yanada ortadi.

Yurak kasalliklari

Har kuni nonushtada murabbo o‘rniga asal va dolchin kukunidan tayyorlangan pasta surilgan non yeng. Bu xolesterin darajasini kamaytirib, infarktdan asraydi. Hatto infarkt bo‘lganlar ham qayta infarkt bo‘lishdan qutulishlari mumkin.

Kuchli charchoq va holsizlik

Har kuni tongda och qoringa va tushdan so‘ng taxminan 15:00da dolchin va yarim qoshiq asal qo‘shilgan suv ichish organizmning hayotiy faoliyatini oshiradi.

Artrit

Har kuni ertalab va kechqurun 2 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq dolchin qo‘shilgan 1 piyola iliq suvni muntazam ichish hatto surunkali artritni ham davolaydi.

Xolesterin
2 stakan iliq suv bilan aralashtirilgan 2 osh qoshiq asal va 3 choy qoshiq dolchin qondagi xolesterin darajasini 2 soatda 10 foizga kamaytiradi. Artritga chalinganlarda bo‘lganidek, aralashmani kuniga 3 mahal iste’mol qilish surunkali kasallarda ham xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Immunitet

Har kuni asal va dolchin iste’mol qilish organizmning himoya kuchlarini oshirib, bakteriya va viruslardan himoya qiladi, leykotsitlarning bakterial va virusli kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.

Sistit

2 osh qoshiq dolchin va 1 choy qoshiq asalni bir oz iliq suvda aralashtirib, iste’mol qiling. Bu qovuqdagi infeksiyalarni yo‘q qiladi.

Soch to‘kilishi

Soch ildiziga qizdirilgan zaytun moyi, 1 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq dolchindan iborat aralashmani bosh yuvishdan 15 daqiqa oldin suring. Keyin sochingizni iliq suvda yuving.

Teri va tirnoq zamburug‘i

Teng miqdordagi asal va dolchin aralashmasi zararlangan teri va tirnoqqa surilsa, zamburug‘ va teri infeksiyalarining boshqa turlarini davolaydi.

Husnbuzar

3 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchindan pasta tayyorlab, uxlash oldidan husnbuzarlarga suring. Yuzingizni ertalab iliq suvda yuvib tashlang. Husnbuzarlar 2 haftada butkul yo‘qoladi.

Oshqozondagi og‘irlik hissi

Yarim choy qoshiq dolchin kukuni va 2 osh qoshiq asaldan iborat aralashma ovqat oldidan iste’mol qilinsa, kislota miqdorini kamaytirib, eng og‘ir taomni ham hazm qilishga yordam beradi.

Qorin dam bo‘lishi

Dolchin va asal qorin dam bo‘lishini kamaytiradi.

Og‘izdagi hid

Janubiy Amerika aholisi kun davomida og‘izdan yoqimsiz hid kelmasligi uchun ertalab asal va dolchinli issiq aralashmada tomoqlarini chayishadi.

Shamollash va gripp

1 osh qoshiq iliq asalni chorak qoshiq dolchin bilan aralashtirib, kuniga 3 mahal iste’mol qiling. Bu yo‘tal, shamollashni davolab, burun yo‘llarini tozalaydi.

Osteoxondrozdagi og‘riqlar, lat yeyish

1 choy qoshiq dolchinni 1 osh qoshiq asal bilan yaxshilab aralashtiring. Og‘riyotgan joyga yengil uqalovchi harakatlar bilan surib, kompress sifatida yopib qo‘ying. Aralashma qattiq kuydirganda uni olib tashlash kerak.

Uzoq umr ko‘rish

3 stakan suv va 1 osh qoshiq dolchin damlamasiga 4 osh qoshiq asal soling. Kuniga 3-4 mahal chorak finjondan iste’mol qiling. Bu terini yumshoq va yosh saqlab, qarishdan saqlaydi.

Manba: Tasvir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Asal va dolchin — salomatlik garovi