09:20 / 22.03.2018
4 966

Ikkinchi tilni o‘rganish miya qarishini sekinlashtiradi

Ikkinchi tilni o‘rganish miya qarishini sekinlashtiradi
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ona tilidan tashqari ikkinchi tilni o‘rganish miyaga ijobiy ta’sir o‘tkazar ekan. Bu o‘zgarish hatto tilni katta yoshda o‘rganganida ham sezilarli bo‘ladi, deydi olimlar.

262 insonning miya funksiyalarini dastlab 11 yoshligida, so‘ngra 70 yoshga kirganida tadqiq qilgan Shotlandiyaning Edinburg universiteti olimlari shunday xulosaga kelganlar.

Tadqiqot natijalari Annals of Neurology jurnalida chop etilgan, deb ma’dum qiladi Sof.uz nashri.

Mutaxassislar ikki tilni biluvchi insonlarda o‘qish, nutq va aqliy imkoniyatlar to‘laligicha yaxshilanganini kuzatganlar.

Ekspertlar 262 shotlandiyalikning aqliy rivojlanishi haqidagi test ko‘rsatkichlaridan foydalanganlar, so‘ngra aynan shu insonlarning 70 yoshdagi miya funksiyalarini solishtirganlar. Eng avvalo, e’tibor ushbu yillar davomida tadqiq qilinganlarning aqliy imkoniyatlari qanchalik o‘zgarganiga e’tibor qaratilgan.

Bu tadqiqotning har bir ishtirokchisi kamida bir xorijiy tilda gapira olgan. 262 dan 195 tasi ikkinchi tilni 18 yoshgacha o‘rgangan, qolganlari esa - 18 yoshdan keyin.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki va undan ortiq tilda muloqot qila oladigan kishilar ko‘proq aqliy imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Ayniqsa bu o‘qish va umumiy qabul qilish malakalarida ko‘ringan.

Shu bilan birga bu ko‘rsatkich xorijiy tilni 18 yoshgacha va undan keyin o‘rganlarga birdek taaluqli.

Shu mavzudagi oldingi tadqiqotlar ham ikkitillilik demensia- keksalik aqliy noqislik kasalligini bir necha yilga orqaga surishini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ikkinchi tilni o‘rganish miya qarishini sekinlashtiradi