“Sabzidagi beta-karotin — karotinoid ko‘rish qobiliyati uchun juda foydali modda hisoblanadi. U organizm tomonidan A vitamini tarkibida ishlab chiqiladi, — deb tushuntiradi AQSHdagi Milliy ko‘z instituti tadqiqotchisi Maykl Redmond. — Bu vitamin ko‘zning orqa qismidagi opsin va rodopsin oqsillari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Opsinlar kunduzgi yorug‘likka, rodopsinlar esa xira yorug‘likka sezuvchan bo‘ladi”.
A vitamini yetishmasligi niktalopiya — g‘ira-shira yorug‘likda ko‘ra olmaslik bilan kechadigan ko‘rish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shunga qaramasdan, bu faqat sabziga zo‘r berish kerak degani emas. A vitamini nafaqat uning tarkibida bor. Masalan, batat yoki bargli ko‘katlar (ismaloq, jimjimali karam)da u hatto ko‘proq. Bundan tashqari, sabzining ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam berishini kutib o‘tirish kerak emas.
“A vitamini ko‘z uchun foydali, lekin u sizning ko‘rish qobiliyatingizni to‘liq tuzata olmaydi, — deydi Amerika oftalmologiya akademiyasi vakili Rebekka Teylor. — Agar siz ko‘zoynak yoki linza taqsangiz, ulardan voz kechishning iloji yo‘q”.
Yana bitta lekini bor. A vitamini — yog‘da eriydigan vitamin, shuning uchun u organizmga yog‘lar bilan birga kelib tushishi kerak. Faqat shundagina u to‘liq singdiriladi. Agar xom sabzining faqat o‘zi iste’mol qilinsa, organizm hech qanday foyda olmaydi.
Rebekka Teylor ko‘zning sog‘lig‘i uchun ismaloq va jimjimali karamdan, qizil shirin qalampirdan, bodom va sabzidan salatlar tayyorlashni tavsiya qiladi. Bularning hammasi ko‘z uchun zarur bo‘lgan A, Ye va C vitaminlarining muhim manbai hisoblanadi. Agar bunday salatlarga yog‘ qo‘shilsa, yog‘da eriydigan A va Ye vitaminlari yaxshi singdiriladi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi