O‘zbekistonga AQShdan saratonga qarshi 3 million dollarlik dori keltirildi

  • Tibbiyot
  • 11-04-2018, 12:30
  • 1 259
  • Ўзбекистонга АҚШдан саратонга қарши 3 миллион долларлик дори келтирилди
    Miya saratonini davolashda ishlatiladigan «Temodor» dori vositasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqatiladi.

    “Project HOPE” va “Merck Sharp & Dohme” O‘zbekistonga saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yetkazib bergani ma’lum qilindi.

    Shuningdek, kecha 10 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen kattalarda miya saratonini davolashda qo‘llaniluvchi «Temodar» (Temodar) dorisining AQShdan O‘zbekistonga keltirilganini e’lon qildi.

    Umumiy qiymati 2,9 million dollar bo‘lgan ushbu dori AQShning Nyu-Jersi shtati Keniluors shahrida ishlab chiqarilib, u “Merck Sharp & Dohme” farmatsayevtika kompaniyasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etildi.

    AQShda tashkil etilgan “Project HOPE” xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur dorini AQShdan O‘zbekistonga bepul yetkazib berilishini ta’minladi.

    Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu dori vositalarini topshirish marosimida elchi Spratlen xonim bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev hamda “Project HOPE” tashkilotining Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha Mintaqaviy direktori Mariam Sianozova ham ishtirok etdi.

    O‘z nutqida “Tadbir O‘zbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligini yaxshilash yo‘lida mehnat qilayotgan O‘zbekiston hukumati, xususiy sektor hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning hamkor tashkiloti o‘rtasidagi muvaffaqqiyatli muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorligining natijasidir”, – deb ta’kidladi elchi Spartlen xonim.

    1992 yildan buyon USAID O‘zbekistonga 356 million dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan bo‘lib, 1991 yildan beri “Project Hope” tashkiloti AQSh farmatsevtika va tibbiyot tashkilotlari tomonidan xayriya ravishda taqdim etilgan ja’mi miqdori 106 million dollarga teng dori-darmon va tibbiyot vositalarini yetkazib bergan.

    Manba: uznews

    » » O‘zbekistonga AQShdan saratonga qarshi 3 million dollarlik dori keltirildi
    Яндекс.Метрика