Rossiya olimlari infeksiyali xastaliklarning barchasini yo‘q qila oluvchi superkapsula yaratishdi…

  • Tibbiyot
  • 22-04-2018, 00:11
  • 1 344
  • Россия олимлари инфекцияли хасталикларнинг барчасини йўқ қила олувчи суперкапсула яратишди…
    Bu ixtiroga «Mikrogen» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari mualliflik qilishdi.

    Aytishlaricha, kapsula ko‘rinishidagi bu bakteriofaglar haqiqatan har qanday turdagi infeksiyali xastaliklarga qarshi qo‘llanishi mumkin. Ular organizmga kirib borgach, aniq manzilnigina yo‘q qiladi. Masalan, organizm uchun foydali bakteriyalarga tegmaydi. Faqat yot, xavfli bakteriyalarni aniqlab, ularni yo‘q qilish pallasiga kiradi. Ishini bajargach, organizmdan tabiiy yo‘l orqali chiqib ketadi.

    Quvonarlisi shuki, kapsulalarning iste’moldan keyingi salbiy ta’siri yo‘q. Ular jigar, buyrak, oshqozon-ichak kabi a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

    » » Rossiya olimlari infeksiyali xastaliklarning barchasini yo‘q qila oluvchi superkapsula yaratishdi…
    Яндекс.Метрика