Angliya olimlari kasallikka qarshi yangi dori vositasini yaratishdi

  • Tibbiyot
  • 12-05-2018, 12:39
  • 2 152
  • Англия олимлари касалликка қарши янги дори воситасини яратишди
    Angliya olimlarining navbatdagi yaratayotgan yangi dori vositasi kelajakda soch to‘kilishiga qarshi asqotishi mumkin. Olimlar izlanishlar davomida osteoporozga qarshi qo‘llanadigan dorini sal qayta ishlansa, soch to‘kilishidan xalos qilishi muqarrarligiga guvoh bo‘lishdi.

    Aniqlandiki, bu dori vositasi komponentlaridan biri organizmdagi soch o‘sishini sekinlashtiruvchi yoki butunlay o‘sishdan to‘xtatuvchi oqsilga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shuning yordamida soch o‘sish jarayonini tezlashtirib berarkan.

    Hozirgi paytda olimlar xuddi shu dori vositasini qayta ishlash harakatiga tushishgan. Taxminlarga ko‘ra, kallikka qarshi yangi dori shu yil yozida klinik sinovlarga jalb etiladi.

    » » Angliya olimlari kasallikka qarshi yangi dori vositasini yaratishdi
    Яндекс.Метрика