16:30 / 02.06.2018
6 680

Olimlar inson organizmida “ikkinchi miyani” aniqlashdi

Olimlar inson organizmida “ikkinchi miyani” aniqlashdi
Inson organizmida “ikkinchi miya” bor, u ichakda joylashgan, hamda avstraliyalik olimlar uning ishlash prinsipini tushunishga muvaffaq bo‘lishgan, deb xabar qilmoqda Kun nashri.

Enteral (ichak) asab tizimi (EAT) ko‘p millionlik neyronlardan iborat bo‘lib, ular oshqozon-ichak faoliyati ishini tartibga soladi. Bu tizim chetda va miya hamda orqa miyadan iborat bo‘lgan markaziy asab tizimidan alohida tarzda ishlaydi.

"Bu aslida mustaqil miyaning o‘zi", - deya ma’lum qildi Flinders Universiteti professori Nik Spenser. Uning qo‘shimcha qilishicha, EATni “birinchi miya” deb atasa ham bo‘ladi, sababi bu tizim evolyutsiya davomida markaziy asab tizimidan avval paydo bo‘lgan.

Olimlar ma’lumotiga ko‘ra, oshqozon-ichak traktining noyob xususiyati shundan iboratki, u o‘z asab tizimiga ega hamda bosh miya va orqa miyadan butunlay mustaqil ishlashi mumkin bo‘lgan yagona ichki organ sanaladi.

Mutaxassislar sichqonlarning yo‘g‘on ichagi neyronlarida elektr impulslarini tahlil qilib chiqishdi hamda EAT qo‘zg‘atuvchi va to‘xtatuvchi neyronlarni bir xilda ishlatishi mumkin ekanini aniqlashdi. Ular ichakdagi mushaklar qisqarishiga turtki beradi.

Tadqiqot mualliflarining bildirishicha, avval ilm-fanga EATning millionlab hujayralari elektr impulslarini bir vaqtda ishlab chiqishi ma’lum bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar inson organizmida “ikkinchi miyani” aniqlashdi