14:20 / 08.06.2018
7 024

Tibbiyot sohasida 28 mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

Tibbiyot sohasida 28 mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi
Sog‘liqni saqlash vazirligida Respublika Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda 2017—2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosini ta’minlash yuzasidan «Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida litsenziyalovchi organ mansabdor shaxslari va xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish» mavzusida seminar tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda aytilishicha, korrupsiya va poraxo‘rlik holatlari tibbiyot tizimida ham uchrab turibdi. Joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi mobaynida sohaning turli yo‘nalishlarida ana shunday noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan 28 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyotning barcha bo‘g‘inida bunday muammolarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Seminarda sog‘liqni saqlash tizimida bu yo‘nalishda o‘ziga xos natijalar bilan birga, xususiy tarmoqni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar borligi ham qayd etildi. Tadbirda bu boradagi muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Shuningdek, boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tibbiyot sohasida 28 mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi