07:30 / 18.06.2018
10 347

Olimlar inson salomatligini tirnoqlar ham ayta olishini aniqlashdi

Olimlar inson salomatligini tirnoqlar ham ayta olishini aniqlashdi
Agar tirnoq ustida oq dog‘lar paydo bo‘lsa, demak, organizmda rux kamayib ketgan. Bu holat depressiya va kuchli parhez ushlash oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tirnoqlardagi oq dog‘lar jigarda qandaydir xastalik paydo bo‘la boshlaganini ham anglatadi.

Tirnoqlar rangi o‘zgarishi infeksiyali xastaliklardan darakdir. Sog‘lom odamning tirnoqlari pushti rangda bo‘ladi. Agar bu rang o‘zgargan bo‘lsa, darhol dermatologga uchrashish zarur.

Tirnoq tekisligini yo‘qotib, to‘lqinlar va chuqurchalar paydo bo‘lsa, bu psoriaz, ekzema va artrit belgisi hisoblanadi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar inson salomatligini tirnoqlar ham ayta olishini aniqlashdi