23:23 / 30.07.2018
6 512

Olimlar grippning "eng xavfli turi"ni aniqlashdi

Олимлар гриппнинг "энг хавфли тури"ни аниқлашди
Jon Hopkins universiteti olimlari yangi aniqlangan «CladeX» gripp virusi shtammi global epidemiyaga sababchi bo‘lishidan xavotirda. Ular aniqlagan 400 nafarga yaqin bemorning 50 nafari olamdan o‘tgan. Bu grippning ilk o‘choqlari Germaniya va Venesuelada aniqlandi, deb yozmoqda «Xabar» nashri.

Bemorlar yo‘tal va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilayotganiga asoslanib, olimlar bu virusni «respirator»lar oilasiga kiritishdi, ya’ni u havo orqali yuqadi. Kasallikning ilk alomatlari shamollash yoki qizamiqnikiga o‘xshaydi. Xavotirli jihati, virus yuqishi va o‘lim orasidagi masofa juda qisqa — atigi bir necha hafta.

Yangi toifa virusni yuqtirganlar davolanish olmasa ensefalit (bosh miyaning yallig‘lanishi) kasalligini orttirib olishi va koma holatiga tushishi mumkin.

Ammo eng qo‘rqinchlisi bu emas. Agarda o‘z vaqtida vaksina ishlab chiqilmasa, virus xuddi oddiy gripp kabi odamdan odamga ko‘chib o‘ta boshlaydi. Buning oqibatida sayyoramizdagi qariyb 900 million nafar insonni «CladeX» virusi zaharlashi ehtimoli bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar grippning "eng xavfli turi"ni aniqlashdi