10:30 / 08.08.2018
8 679

Yurak xastaliklarini aniqlashning yangi usuli topildi

Yurak xastaliklarini aniqlashning yangi usuli topildi
Bu ishga Xitoy olimlari qo‘l urishdi. Ular Shanxay universitetidagi hamkasblar bilan o‘zaro hamkorlikda «QFR» deb nomlangan yangi usul yaratishdi. Bu usul yurak xastaligini odatiy usullarga nisbatan tezroq aniqlash imkonini beradi. Buning uchun yurak-qon tomir tizimi rentgen qilinadi. Rentgen xulosasiga qarab yurak faoliyati buzilishi, tiqilgan va toraygan tomirlar haqida aniq ma’lumot olinadi.

Muhimi shuki, bu usul odatiylariga nisbatan 33 foiz tezroq natija beradi. Sinovlar davomida olimlar bunga to‘liq amin bo‘lishdi. Bemorga yangi usul yordamida tashhis qo‘yish uchun atigi 4 daqiqa kerak bo‘ldi xolos. Bu nafaqat tashhisda, balki muolaja rejalari yaratishda va yurakka koronarografiya yordamida stent qo‘yish kabilarda ham vrachlarga katta yordam beradi. Asosiysi, bu tashhis qo‘yishning yangi usuli jarrohlik amaliyotiga o‘rin va hojat qoldirmaydi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yurak xastaliklarini aniqlashning yangi usuli topildi