Hozirgi kunda makkajoʻxorini deyarli barcha doʻkon rastalarida uchratish mumkin. Uning tarkibida B, PP, C, fosfor, kaliy va yurak faoliyatini yaxshilovchi K vitaminlari mavjud. Yogʻli taomlarni xush koʻruvchilar bu sabzavotdan koʻproq tanovvul qilishlari lozim. Chunki u xolesterinni chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Biz oʻylab ham oʻtirmay tashlab yuboradigan makkajoʻxori popugidan esa, dorishunoslar dori tayyorlaydilar. Quyida uy sharoitida makkajoʻxori va uning popugidan tayyorlanadigan foydali retseptlar bilan oʻrtoqlashamiz.
1. Glaukomada
15 gramm maydalangan makkajoʻxori popugiga 1 stakan qaynagan suv quyib, 40 daqiqaga damlab qoʻying. Soʻng uni dokada suzib olib bir kunda uch marta 1 osh qoshiqdan qabul qiling. Orqasidan bir oz vaqt oʻtganidan keyin suvni iching.
2. Pankreatitda
2 dona makkajoʻxorini yuvib, popuklaridan ajratmay, yumshaguncha qaynating. Soʻng sabzavot qaynatilgan suvni, bir kunda uch marta bir stakandan ichib yuring, makkajoʻxorini esa isteʼmol qiling.
3. Qandli diabetda
2 osh qoshiq makkajoʻxori uni va 1 osh qoshiq maydalangan naʼmatakni aralashtiring. Ustiga 2 stakan qaynagan suv quyib, bir necha daqiqa olovga qoʻying. Soʻng 1 soatga damlab qoʻyib, kuniga uch marta, ovqatdan 15 daqiqa oʻtib yarim stakandan qabul qiling. 3 hafta muolajani qilib, 3 hafta dam olasiz.
4. Ortiqcha vaznda
Makkajoʻxori ishtahani pasaytiruvchi eng samarali sabzavotdir. Shu sababli u semizlikdan aziyat chekayotganlarga tavsiya etiladi. Buning uchun 20 gramm makkajoʻxori popugiga 200 ml. qaynagan suv quyib, 1 soatga damlab qoʻying. Damlamani kuniga 1 osh qoshiqdan 5 mahal iching.
5. Burun ustidagi qora nuqtalardan xalos boʻlishda
2 osh qoshiq makkajoʻxori unini bir dona koʻpirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtiring. Tayyor niqobni yuzdagi qora nuqtalar ustiga surting. Qurib qolganida oldin iliq, soʻng sovuq suv bilan yuving. Muammodan xalos boʻlish uchun muolajani ikki marta takrorlashingiz kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi